Yangiliklar

Zahriddin Muhammad Boburning 540 yilligiga bagʼishlangan adabiy-badiiy tadbir tashkil qilindi

Fevral 14, 2023 / Ko'rildi 159

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida buyuk mutafakkir Аlisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va shoh va shoir Zahriddin Muhammad Boburning 540 yilligiga bagʼishlangan adabiy-badiiy tadbir tashkil qilindi. Oʼquvchilar ijrosidagi sahna koʼrinishlarida ulugʼ bobolarimiz hayotiga doir voqealar, ijodlaridan namunalar talqin etildi. Navoiy va Bobur ashʼorlaridan namunalar oʼqildi, gʼazallari bilan aytiladigan qoʼshiqlar ijro qilindi.