Akademik litsey nizomi
I.Umumiy qoidalar
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyi Davlat ta’lim standartlariga mos ravishda o‘rta-maxsus ma’lumot beruvchi, o‘quvchilarning qiziqishi va imkoniyatlaridan kelib chiqib, chuqurlashtirilgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish, oliy ta’limga maqsadli yo‘naltirish, jadal intellektual rivojlanish bilan ta’minlovchi, shuningdek, maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan alohida mutaxassislik beruvchi davlat ta’lim muassasasidir.
- Akademik litsey o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi buyruqlari, yo‘riqnomalari, ko‘rsatmalari, institut kengashi qarorlari va rektor buyruqlari, ta’lim tizimiga oid meyoriy-huquqiy hujjatlar, shuningdek, ushbu Ustav asosida amalga oshiradi.
- Akademik litsey mustaqil yuridik shaxs hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, Moliya vazirligining g‘aznachiligida va uning hududiy bo‘linmalarida shaxsiy hisob raqamlariga hamda o‘z faoliyati uchun zarur boshqa belgilar va rekvizitlarga ega bo‘ladi.
- Akademik litsey berilgan moddiy-texnik bazasini saqlash, mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini amalga oshiradi, shuningdek, ajratilgan mablag‘lardan ratsional va samarali foydalanishni nazorat qiladi.
- Akademik litseyning nomi:
Davlat tilida: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyi.
Qisqartirilgan nomi: TATU Samarqand filiali akademik litseyi
II.Akademik litseyning maqsad va vazifalari
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyining maqsadi o‘quv jarayonining sifat va samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning bilim darajasini oshirishda institutning ilmiy salohiyatidan yanada kengroq va tizimli foydalanishni tashkil etish, oliy ta’lim muassasalarining o‘kuv, ilmiy salohiyatidan. moddiy-texnik bazasi, ta’lim va axborot resurslaridan foydalanish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularni maqsadli ta’limga yo‘naltirish va pirovard natijada akademik litsey bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash.
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyining vazifalari:
– umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining eng iste’dodli va iqtidorli o‘quvchilarini tanlash;
– davlat ta’lim standarti talablari bajarilishini ta’minlash;
– o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va o‘qishini oliy ta’lim muassasalarida davom ettirishga chuqur tayyorlash;
– o‘quvchilarning tanlagan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berish;
-o‘quvchilarning ijodiy salohiyati, qobiliyati, individual iste’dodlarini namoyon bo‘lishi va faollashishiga ko‘maklashuvchi, har bir o‘quvchining mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini shakllantiruvchi hamda rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish;
– ilg‘or mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini zamonaviy tashkiliy shakllarini joriy etish;
– ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya-lari qo‘llanishini ta’minlash;
– akademik litseydagi o‘quv jarayonining sifatini davriy ravishda oshirib borish;
– akademik litsey o‘qituvchilarining kasbiy salohiyati va pedagogik mahoratini oshirib borish maqsadida doimiy seminarlar, treninglar o‘tkazish;
– akademik litsey o‘kituvchilarini attestatsiyaga tayyorlash, malaka toifalarini oshirib borish;
– akademik litsey o‘qituvchilarini ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish va ularga oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari tarkibidan ilmiy-metodik rahbarlar tayinlash;
– ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbik etish;
– ta’lim-tarbiyaviy faoliyat monitoringi natijalarini institut kengashi muhokamasiga kiritish;
– akademik litseyniig iqtidorli o‘quvchilarini olimpiadalar, ko‘rik-tanlovlar orqali aniqlab, rag‘batlantirib borish, respublika va xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlash;
– akademik litsey bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga o‘kishga kirish ko‘rsatkichlarini har o‘quv yili boshida tahlil qilish va tegishli chora-tadbirlarni belgilash;
– akademik litseyda sog‘lom muhitni shakllantirish, sog‘lom turmush tarzi meyorlarini amalda tatbiq etish;
– o‘quvchilarda vatanparvarlikni, o‘z Vatani bilan faxrlanish tuyg‘usini rivojlantirish, milliy o‘zligini anglash, xalqimizning milliy, madaniy, tarixiy an’analariga hurmatni kuchaytirish;
– o‘quvchilarning izchil intellektual, madaniy va ma’naviy-axlokiy kamol topishiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
– doimiy ravishda o‘qituvchilarning sifat darajasini oshirib borishni ta’minlash;
– o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini, shuningdek, ma’naviy yetukligini muntazam oshirib borish;
– akademik litseyni ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga biriktirish hamda ta’limning uzluksizligi va uzviyligi tamoyillariga rioya qilgan holda iqtidorli o‘quvchilar bilan ish olib borish doirasida o‘zaro amaliy xamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
- Akademik litseyning majburiyatlari:
– O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, davlat ta’lim standartlari. o‘quv rejalari va dasturlari, boshqaruv organlarining tegishli buyruqlari va ko‘rsatmalari bajarilishini ta’minlash;
– davlat ta’lim standartlariga muvofiq soha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quvchilarning intensiv intellektual rivojlanishini va puxta tabaqalashtirilgan o‘qitishni ta’minlash;
– o‘quvchilarning respublika, xalqaro fan olimpiadalari va ko‘rik-tanlovlarda samarali ishtirokini ta’minlash;
– akademik litsey umumiy o‘rtata’lim muassasalarida iqtidorli o‘quvchilarni aniklash, ular o‘rtasida akademik litseyda o‘qishni davom ettirish bo‘yicha targ‘ibot va tashvikot ishlarini olib borish bo‘yicha hamkorlik dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
– doimiy ravishda o‘qituvchilarning sifat darajasini oshirib borishni ta’minlash;
– o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini, shuningdek, ma’naviy yetukligini muntazam oshirib borishini ta’minlash;
– amaldagi qonunchilikka muvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseyga o‘qishga qabul kilish, kursdan-kursga o‘tishi, o‘qishni tamomlagan bitiruvchilarga Davlat namunasidagi diplom va egallagan mutaxassisligi bo‘yicha sertifikat berilishini ta’minlash;
– ota-onalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari va boshqa manfaatdor idoralar bilan o‘quv-tarbiya ishlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik ishlarini olib borish;
– o‘quvchilarning tanlagan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratib berish;
– o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va o‘qishni oliy ta’lim muassasalarida davom ettirishga tayyorlash;
– o‘quvchilarning ijodiy salohiyati namoyon bo‘lishi va faollashishiga ko‘maklashuvchi, individual iste’dodlarni va har bir o‘quvchining qobiliyatlari hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda bilimlarni egallab olish jarayonida mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish;
– ilg‘or mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish va uning mazmunini doimiy ravishda yangilab borish;
– ta’lim sifatini yaxshilash, o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;
– o‘quv-tarbiya jarayonida soglom muhit yaratish, sog‘lom turmush tarzi meyorlarini amalda tatbik etish;
– o‘quvchilarda Vatanparvarlik, o‘z Vatani bilan faxrlanish tuygusini rivojlantirish. milliy o‘zlikni anglash, xalqimizning milliy, madaniy, tarixiy an’analariga hurmatni kuchaytirish.
- Akademik litseyning huquqlari:
– amaldagi qonunchilikka muvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseyga o‘qishga qabul kilish, kursdan-kursga o‘tkazish, o‘qishini boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish, kursda qoldirish, o‘quvchilar safidan chiqarish va o‘qishini tiklash, shuningdek, akademik ta’til berish, o‘qishni tamomlagan bitiruvchilarga Davlat namunasidagi diplom va egallagan mutaxassisligi bo‘yicha sertifikat berish;
– ota-onalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari va boshqa manfaatdor idoralarga o‘quv-tarbiya ishlarini rivojlantirish bo‘yicha murojaatlar yo‘llash;
– turli moliyaviy manbalardan foydalanib, akademik litseyning maxsus fondini shakllantirish;
– o‘qishda (ishda) alohida ko‘rsatkichlarga erishgan o‘quvchi va o‘qituvchilar hamda ishchi- xodimlarni (moddiy va ma’naviy) takdirlash, davlat mukofotlariga tavsiya qilish, lozim bo‘lganda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash;
– akademik litsey ehtiyoji asosida o‘rnatilgan tartibda zarur jihozlar va boshqa moddiy resurslarni korxona va tashkilotlardan belgilangan tartibda ijaraga olish yoki xarid qilish, shuningdek, o‘zining bo‘sh turgan jihozlari va boshqa moddiy resurslarini ijaraga berish;
III.Ta’lim oluvchilar
11.Akademik litseyga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul kilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiklangan nizomga muvofiq tuzilgan maslahat markaz tomonidan amalga oshiriladi.
- Akademik litseyda o‘quvchilarni qabul kilish bo‘yicha akademik litsey direktori raisligida Maslahat kengashi tashkil etiladi. Maslahat kengashining tarkibi, uning vakolatlari, huquq va majburiyatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
- Akademik litseyga qabul kilish, kursda koldirish, boshqa ta’lim muassasasiga kuchirish, o‘quvchilar safidan chiqarish va kayta tiklash, shuningdek, akademik ta’til berishni rasmiylashtirish tegishli qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda amaldagi qonunchilikka muvofiq qabul kilingan xorijiy davlat fuqarolari akademik litsey o‘quvchisi bo‘lishi mumkin.
- Akademik litsey o‘quvchilarining huquqlari:
– ta’lim yo‘nalishini ixtiyoriy tanlash;
– o‘quv binolari, laboratoriya, axborot resurs markazi, sport majmualaridan bepul foydalanish, o‘z qobiliyatlarini namoyon kilish va rivojlantirish, o‘z salohiyatini o‘stirish, fanlar bo‘yicha o‘z bilimlarini chuqurlashtirish;
– zamonaviy fan va texnika taraqqiyotiga mos bilim olish;
– o‘z-o‘zini boshqaradigan o‘quvchilar organiga saylash va saylanish, ta’lim muassasasi faoliyatida, eng muhim masalalarni hal qilishda ishtirok etish; akademik litseyning ijodiy faoliyatida ishtirok etish; o‘quv rejasidan tashqari, ijtimoiy, sport va fan to‘garaklariga qatnashish orkali bilim olish;
– o‘z fikrini erkin va ochiq bayon etish;
– o‘qishini tugatgunga qadar turar joydan foydalanish;
– amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bir ta’lim yo‘nalishidan boshqa ta’lim yo‘nalishiga hamda boshqa o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasiga o‘qishini ko‘chirish, akademik ta’til olish, qayta tiklash bo‘yicha (voyaga yetmaganlar ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar orqali) murojaat qilish;
– turli tanlovlar, respublika va xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish;
– o‘qishni tamomlagandan so‘ng Davlat namunasidagi diplom va egallagan mutaxassisligi bo‘yicha sertifikat olish;
– biriktirilgan oliy ta’lim muassasasining o‘quv-laboratoriya uskunasi, kompyuter texnikasi va boshqa tashkiliy texnika, darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanish;
– umumta’lim fanlari bo‘yicha darsliklarni ijara asosida olish.
– O‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘la oladi.
- Akademik litsey o‘quvchilarining majburiyatlari:
– akademik litsey Ustavi va ichki tartib-qoidalari talablari, sanitariya-gigiyena meyorlari va qoidalariga rioya etish;
– davlat ta’lim standarti va o‘quv rejalarida belgilangan o‘quv fanlari bo‘yicha puxta bilim egallash va to‘lik o‘zlashtirish;
– odob-axloq qoidalariga rioya etish;
– jamoat tartibini saqlash;
– konferensiyalarda va litseyning boshqa o‘quv-tarbiyaviy tadbirlarida faol ishtirok etish;
– akademik litsey mulki (jihozlar, darsliklar, o‘kuv qo‘llanmalari, o‘quv-laboratoriya jihozlari)ga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish;
– darsdan tashqari vaqtlarda tashkil qilinadigan fan va sport to‘garaklarida faol qatnashish;
– akademik litseydagi umumta’lim va chuqurlashtirilgan fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlarda faol qatnashish;
– akademik litsey axborot-resurs markazi fondidan muntazam foydalanish;
– chuqurlashtirib o‘tiladigan fanlar bo‘yicha boshlang‘ich ilmiy kuzatishlar olib borish.
IV.O‘quv-tarbiyaviy, o‘quv va ilmiy-metodik ish
O‘quv-tarbiya jarayonining mazmuni Davlat ta’lim standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv rejalar va o‘quv dasturlari asosida belgilanadi. Akademik litseyda ta’lim jarayoni o‘zbek va rus tillarida olib boriladi;
- Oliy ta’lim muassasasi tomonidan berilgan akademik litsey o‘quvchisining “Uquvchilik guvoxnomasi” va “Reyting daftarchasi” to‘lik rasmiylashtirilib, bepul tarqatiladi.
- Akademik litseyda o‘kuv guruxlari tarkibi 26 nafar o‘quvchidan ortiq bo‘lmagan tarzda shakllantiriladi. Chuqurlashtirilib o‘rgatiladigan fanlar (ta’lim yo‘nalishlari) bo‘yicha akademik litseyda nazariy, amaliy, laboratoriya va seminar mashgulotlari guruhni ikkita kichik guruxga bo‘lgan holda olib boriladi.
- O‘quv yilining boshlanish va tugash muddati, o‘quvchilarning haftalik yuklamasi va yakuniy nazoratlar, ta’tillar davomiyligi, shuningdek, o‘qishni yakunlash shakllari va turlari o‘quv rejalari asosida amalga oshiriladi.
Akademik litseyda o‘qitish kunduzgi shaklda amalga oshiriladi. O‘qish muddati 2 yil.
Akademik litseyda barcha o‘quv mashg‘ulotlari uchun ikki akademik o‘quv soat davomiyligi 80 daqiqa etib belgilanadi.
- Akademik litseyda birinchi kungi mashg‘ulotlar ta’lim muassasalari ishlab chiqqan tadbirlarga muvofiq vazirlik va idoralar, ularning joylardagi bo‘linmalari, hokimlik. homiylar, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida tantanavor ruxda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrogini olib chiqish va Davlat Madhiyasini ijro etish bilan boshlanadi.
- Akademik litseyda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, tajribali mutaxassislari, asosiy shtatga, o‘rindoshlik asosida, mehnatga soatbay haq to‘lash asosida jalb etiladi.
Akademik litseyning o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-metodik va ilmiy-metodik ishlari institut tomonidan reja asosida tahlil etiladi, kamchiliklarpi bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatiladi.
- O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash amaldagi meyoriy-huquqiy xujjatlar asosida amalga oshiriladi.
- Akademik litseyda tarbiyaviy ishlar milliy an’analar va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan holda tashkil qilinadi. Akademik litseyda tarbiyaviy ishlar o‘qo‘v jarayoni bilai birgalikda oilalar, mahalla, jamoat tashkilotlari, shaxsning ijodiy faoliyatini shakllantiruvchi, O‘zbekiston Respublikasiping Mustaqillik prinsiplariga sodiq va jamiyatning rivojyga real hissa qo‘sha oladigan davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorliqda amalga oshiriladi.
- Akademik litsey o‘quvchilarini umumta’lim fanlari bo‘yicha darsliklar bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari respublika maqsadli kitob jamg‘armasining mablaglari hisobiga ijara asosida amalga oshiriladi. Kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan o‘quvchilar umumta’lim faylari bo‘yicha darsliklar bilan budjet mablaglari hisobidan bepul ta’minlanadi.
- O‘qishdagi yutuqlari, o‘quv-ilmiy, ijodiy faoliyati va boshqa ishlarda faol katnashganligi uchun akademik litsey o‘quvchilariga turli xil ma’naviy va moddiy rag‘batlantirishlar belgilanadi.
- Akademik litseyda sababidan qat’iy nazar nazorat ishlarining istalgan turidan o‘quvchilarni ozod qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
- O‘qitish har bir kursda barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazorat bilan tugallanadi.
- O‘quv yilining tugallanishi, o‘quvchilarni kursdan-kursga o‘tkazish tadbiri tantanali ravishda o‘tkaziladi. A’lochi o‘quvchilar akademik litsey faxriy yorliqlari va boshqa sovg‘alar bilan taqdirlanishi mumkin.
- Akademik litseyda o‘qishi davomida fanlarni o‘zlashtira olmagan hamda o‘rnatilgan tartib-qoidalarga amal qilmagan o‘quvchilar birinchi bosqich natijalariga ko‘ra kursida qoldirilishi mumkin.
- O‘quv rejada belgilangan barcha fanlarni to‘liq o‘zlashtirgan o‘quvchi akademik litsey direktorining buyrug‘iga asosan yakuniy davlat attestatsiyasiga qo‘yiladi.
- Akademik litsey bitiruvchilariga maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan alohida mutaxassisliklar beriladi.
Maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan alohida mutaxassislik bo‘yicha davlat namunasidagi sertifikat bitiruvchilarga o‘rnatilgan tartibda topshiriladi.
- O‘quv rejasida nazarda tutilgan fanlardan yakuniy baholarining kamida 86 foizi «a’lo» va qolgan fanlardan «yaxshi» bo‘lgan, yakuniy attestatsiya sinovlaridan «a’lo» baholar olgan, namunali xulqqa ega bo‘lgan hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etgan o‘quvchilarga imtiyozli diplom beriladi.
- Bitiruvchilarga diplom va sertifikatlar akademik litseyda tantanali tadbirda topshiriladi. Tadbirga ularning ota-onalari, oliy ta’lim muassasalari vakillari, hamkor korxona va tashkilotlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif etiladi.
- Yakuniy davlat attestatsiyasida ijobiy baho olgan o‘quvchiga belgilangan tartibda akademik litseyni tamomlaganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom va sertifikat beriladi.
- Akademik litseyning o‘quv-tarbiya jarayoniga biriktirilgan institut akademik litseyning o‘quv-tarbiya jarayoniga ilmiy-uslubiy rahbarlik qiladi.
- 3 Institutning akademik litseydagi o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishda ko‘maklashishi quyidagi mezonlar bilan belgilanadi.
– o‘quvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari dinamikasi;
– o‘quvchilarning fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlardagi yutuqlari;
– o‘qituvchilarning sifat tarkibini yaxshilash dinamikasi;
– o‘qituvchilarning turli ko‘rik-tanlovlarda erishgan natijalari;
– o‘qituvchilarning chop etilgan o‘quv, ilmiy-metodik ishlanmalari.
- Akademik litseyning tuzilishi
- Akademik litsey shtatlari jadvali amaldagi meyoriy-huquqiy xujjatlar asosida ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi hamda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
- Akademik litseyda Pedagogik kengash, metodik kengash, ota-onalar kengashi tuziladi va faoliyat yuritadi.
- Akademik litsey tarkibida kasaba uyushmasi, xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti kabi jamoatchilik tashkilotlari va akademik litseydagi ta’lim-tarbiya jarayoniga daxldor boshqa jamoat tuzilmalari tashkil etilishi mumkin.
- Akademik litseyda fan kafedralari va oliy ta’lim muassasasining kafedra filiallari tashkil etiladi.
Akademik litseyda tashkil etilgan kafedralar ular faoliyati to‘g‘risidagi Nizomlar bilan tartibga solinadi.
- Akademik litsey o‘qituvchilari tegishli oliy ta’lim muassasasining kafedralariga va tajribali professor-o‘qituvchilariga biriktiriladi hamda ular o‘rtasida ta’lim sifatini oshirish borasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
- Akademik litseyning pedagogik kengashida institutning akademik litseylar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma rahbarlari ishtirok etadi.
Akademik litsey ma’muriyati akademik litseydagi o‘quv-tarbiya va ilmiy-metodik ishlar samaradorligi bo‘yicha institut kengashida hisobot beradi.
Institut kengashi yig‘ilishlarida akademik litsey direktori ishtirok etadi.
VI.Pedagog xodimlar, o‘quv-tarbiyaviy xodimlar
- Akademik litseyga xodimlarni pedagogik faoliyatga jalb etish oliy ma’lumotli va kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar orasidan belgilangan tartib asosida tanlov yo‘li bilan amalga oshiriladi.
- Ishga qabul qilinuvchining huquq va majburiyatlari hamda ishni tashkil kilish sharoitlari O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligi bo‘yicha, shuningdek, mehnatga haq to‘lash o‘quv muassasasining pedagog xodimlari uchun tarifikatsiya asosida, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlar mehnatiga haq to‘lash belgilangan shtat jadvaliga ko‘ra amalga oshiriladi.
- Akademik litsey o‘qituvchi va boshqa pedagog kadrlariga kisqartirilgan ish vakti belgilanadi, har yili mavjud imtiyozlarga ega uzaytirilgan pulli mehnat ta’tili beriladi.
- Pedagog kadrlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyaga jalb etiladi va attestatsiya natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror asosida ularning malaka toifalari ko‘rib chiqiladi.
- Akademik litseyning boshqaruv va pedagog xodimlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ko‘rsatmasi asosida belgilangan muddatlarda malaka oshirish kurslariga jalb etiladi.
- Akademik litsey rahbar va pedagog xodimlarining lavozim majburiyatlari amaldagi me’riy-huquqiy xujjatlar asosida asosida belgilanadi.
- Akademik litsey pedagog xodimlari va ishchi xodimlari amaldagi qonun hujjatlariga asosan direktorning buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
VII.Akademik litseyga rahbarlik qilish
- Akademik litseyni boshqarish institut tomonidan amalga oshiriladi. Akademik litsey direktori belgilangan tartibda tanlov natijalari asosida institut rektorining tavsiyasiga ko‘ra Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri buyrug‘i asosida lavozimga tayinlanadi yoki o‘z lavozimidan ozod etiladi.
- Akademik litsey direktori huzurida Pedagogik kengash tashkil etiladi. Pedagogik kengashning funksiyalarini quyidagilar tashkil etadi:
– akademik litsey taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari, ta’lim sifatini oshirish va takomillashtirish, qo‘shimcha moliyaviy mablaglarni jalb qilish, modsiy-texnik bazani mustahkamlash yo‘llarini belgilaydi;
-ta’lim mazmunining turli shakllari, (o‘quv rejasi, dasturi, qo‘llanmalar) o‘quv- tarbiya jarayonining uslublari va ularni amalga oshirish yo‘llarini ishlab chiqish, o‘quvchilarni qabul qilish, kursdan-kursga ko‘chirish, o‘quvchilar safidan chiqarish kabi masalalarni muhokama qiladi hamda amalga oshiradi;
– Maslahat kengashi, akademik litsey fan kafedralari hisobotlarini eshitish va muhokama qiladi;
– pedagog kadrlarning malakasini oshirish, pedagog kadrlarning ijodiy tashabbusini rivojlantirish, pedagogik tajribasini ommalashtirish ishlarini tashkil qiladi;
Pedagogik kengash o‘z faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlangan Nizom asosida olib boradi.
- Akademik litseyning umumiy faoliyatini boshqarish direktor tomonidan amalga oshiriladi
Akademik litsey direktori Pedagogik kengash raisi hisoblanadi. Akademik litsey direktori o‘quv muassasasi nomidan ish ko‘radi: boshqa tashkilotlar bilan bog‘laydi, uning moddiy bazasini mustahkamlaydi, shartnomalar tuzadi, ishonch kog‘ozlari beradi, banklarda hisob raqamlari ochadi, o‘quv muassasasi doirasida barcha o‘qituvchilar, ishchilar va o‘quvchilar uchun majburiy bo‘lgan buyruq hamda ko‘rsatmalar beradi.
- Akademik litsey direktori:
– O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining bajarilishini ta’minlaydi, ta’lim muassasasi faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, pedagogik kengashni boshqaradi, ta’lim sifatini yaxshilash, o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, o‘kuv-tarbiya jarayonining barcha bosqich va bo‘limlari faoliyatini tashkillashtiradi;
– akademik litseydagi ishlarning sifat va samaradorligiga, bolalik va mehnatni himoya qilish talablarining bajarilishiga javobgardir;
– darsdan tashqari ishlarning tashkil etilishiga zarur shart-sharoitlar yaratib beradi;
– o‘quv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtiradi va tashkil etadi. Uning bajarilishi va natijasi ustidan nazorat qiladi;
– davlat ta’lim standartlari, o‘kuv rejalar va dasturlarning bajarilishini, akademik litsey Nizomi talablariga rioya qilishni ta’minlaydi;
– davlat va jamoat tashkilotlarida akademik litsey manfaatlarini himoya qiladi;
– akademik litseyning yillik va oylik ish rejalarini tasdiklaydi, o‘qituvchilar yillik ish rejalarining hamda o‘quv-pedagogik yuklamalarining bajarilishini nazorat qiladi;
– o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha tizimli bilim olishini ta’minlaydi;
– o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni va ilg‘or ta’lim vositalarini kiritadi;
o‘z vakolati doirasida ta’lim muassasasining moliyaviy xo‘jalik masalalarini hal etadi, budjet va budjetdan tashqari moliyaviy mablag‘larni shakllantiradi va ulardan samarali foydalanishni ta’minlaydi;
o‘quv jihozlari va boshqa o‘qitish vositalarining saqlanishini ta’minlaydi, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish ishlarini tashkil etadi;
pedagog kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni amalga oshiradi, shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlaydi, pedagogik xodimlar attestatsiyasini tashkillashtiradi;
xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzadi, mehnat, ishlab chiqarish, ijro intizomi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishni ta’minlaydi;
xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha maxsus komissiyaga boshchilik qiladi, maxsus komissiya qarori asosida xodimlarga qo‘shimcha haq, bir martalik mukofot va moddiy yordamni tayinlaydi;
vasiylik kengashi, ota-onalar, mahalla qo‘mitasi, jamoat va homiy tashkilotlar bilan o‘quv-tarbiya ishlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik ishlarini olib boradi;
o‘smirlarning huquq va manfaatlarini himoyalash bo‘yicha talabnomalarga amal qilinishini ta’minlaydi;
mehnatni muhofazalash va texnika xavfsizligi bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
kam ta’minlangan oila farzandlarini ijtimoiy ximoyalash ishlarini tashkil etadi;
o‘quvchilar turar joyiga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar uchun sharoitlarni yaratadi;
bitiruvchilar bandligini ta’minlash ishlarini tashkil etadi, monitoringini olib boradi;
malaka oshirishi uchun sharoitlar yaratadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki va yozma murojaatlarini qabul kiladi;
akademik litsey bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlari, akademik litsey faoliyati natijalari uchun shaxsan javob beradi.
- Akademik litsey direktori amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
- Jamoat tashkilotlari
- Akademik litsey tarkibida kasaba uyushmasi, xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti va akademik litseydagi ta’lim-tarbiya jarayoniga daxldor bo‘lgan boshqa jamoat tuzilmalari faoliyati O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va ushbu Ustavi asosida olib boriladi.
IX.Akademik litseyning mol-mulki va mablag‘lari
- Akademik litsey faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari ro‘yxatiga kiritilgan ilmiy dasturlarni maqsadli moliyalashtirish, davlat xokimiyati va boshqaruv organlari buyurtmasi bo‘yicha tanlov asosida bajariladigan ishlar uchun ajratiladigan mablag‘lar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
- Akademik litseyning moliyaviy vositalari to‘la o‘zining qaramog‘ida bo‘ladi, musodara qilinmaydi, akademik litsey qonunda belgilangan tartibda ulardan foydalanadi.
- Akademik litseyning yer maydonlari, bino va inshootlari hamda mol-mulkini boshqa muassasalarga berish yoki o‘tkazish akademik litseyni tasarrufiga olgan institut bilan kelishilgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi roziligi bilan amalga oshiriladi.
- Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan akademik litsey uchun o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari sotib olish hamda akademik litseyning o‘qituvchi va o‘quvchilarini moddiy qo‘llab-quvvatlaydi.
- Kam ta’minlangan o‘quvchilarga ichki imkoniyatdan kelib chiqib, akademik litseyning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moddiy yordam ko‘rsatiladi.
- Yakunlovchi qoidalar.
Akademik litseyni qayta tashkil etish va tugatish
- Akademik litsey O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarori bilan tashkil etiladi va tugatiladi.
- Mazkur Ustavi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanib, o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va kuchga kiritiladi.
- Ustaviga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.