Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

So‘ngi qo‘ng‘iroq-2024

 2024-yil 7-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida "So‘ngi qo‘ng‘iroq" va ikkinchi bosqich o‘quvchilarining akademik litsey bitiruv tantanasi, diplom, oltin va kumush medallarini topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra akademik litseyda tahsil olib kelayotgan 31 nafar iqtidorli, bilimli, zukko o‘quvchilarga qizil diplom va 4 nafar o‘quvchiga oltin medal, 2 nafar o‘quvchiga kumush medallar berildi. Yil davomida akademik litseyda o‘zining na'munali xulq atvori bilan o‘rnak bo‘lib kelayotgan hamda ma'naviy - ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgan 46 nafar o‘quvchilar faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.

 

"Oila kuni"

2024-yil 15-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida 15-may " Xalqoro oila kuni"ga atab "Oila - muqaddas dargoh" nomli ma'naviy - marifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga akademik litsey Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha akademik litsey direktor o‘rinbosari A.Axmedov boshchilik qildi.

"OLAM NURGA TO'LSIN SEN BILAN, NAVRO'Z"

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida2024-yil  20-mart kuni "OLAM NURGA TO'LSIN SEN BILAN, NAVRO'Z" bayrami bo'lib o'tdi. Bayram tadbirini akademik litsey Boshlang‘ich tashkilot Yoshlar Ittifoqi Yetakchisi Farangiz xusanova tashkil qildi.  Unda akademik litsey o‘quvchilari tomonidan milliy, qiziqarli chiqishlar qilindi. 

2024-yil 9-aprel kuniMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida Amir Temur tavalludining 688-yilligi munosabati bilan tadbir о‘tkazildi.