Yangiliklar

TATU Samarqand filiali akademik litseyida 21 oktyabr - «Oʼzbek tili bayrami kuni»ga bagʼishlangan tadbir oʼtkazildi.

Oktyabr 20, 2023 / Ko'rildi 237

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida 21 oktyabrь - «Oʼzbek tili bayrami kuni»ga bagʼishlangan tadbir oʼtkazildi. Unda oʼquvchilar ona tilimizning tarixi, bugungi nufuzi, oʼziga xos jozibasi haqidagi maʼlumotlar, sheʼrlar va sahna koʼrinishlari bilan chiqish qildilar. Oʼquvchilar tomonidan ijro etilgan raqs va qoʼshiqlar bayram tadbiriga yanada koʼtarinkilik bagʼishladi.