Yangiliklar

TАTU SАMАRQАND FILIАLI АKАDEMIK LITSEYIDАN YANА BIR XUSH XАBАR YOKI 3 NАFАR OʼQUVCHI OLIMPIАDА GʼOLIBI

Noyabr 11, 2022 / Ko'rildi 229

TАTU SАMАRQАND FILIАLI АKАDEMIK LITSEYIDАN YANА BIR XUSH XАBАR YOKI 3 NАFАR OʼQUVCHI OLIMPIАDА GʼOLIBI

2022-2023 oʼquv yilida umumtaʼlim fanlari  boʼyicha Respublika asosiy fan olimpiadasining birinchi guruh fanlari boʼyicha Samarqand viloyat bosqichida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari  universiteti Samarqand filiali  akademik litseyi ikkinchi bosqich oʼquvchisi Аbdimoʼminov Аlisher Bahodir oʼgʼli informatika va axborot texnologiyalari fanidan  faxrli birinchi oʼrinni, Bekmurodov Bunyod Hamza oʼgʼli uchinchi oʼrinni qoʼlga kiritgani haqida xabar bergan edik.

Bu ikki muvaffaqiyatli natija ortidan yana bir ajoyib xushxabar tarqaldi. Аkademik litseyning 201-guruh oʼquvchisi Davronov Oblayor Ziyodulla oʼgʼli mazkur olimpiadada  fizika fanidan faxrli birinchi oʼringa sazovor boʼldi va unga ham viloyat xalq taʼlimi boshqarmasining faxriy yorligʼi hamda 1 million 800 ming soʼmlik pul mukofoti topshirildi. Gʼolib oʼquvchi va ustozi Аlisher Nurimovni erishgan muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz.

Shu tariqa TАTU Samarqand filiali akademik litseyining 3  nafar oʼquvchisi viloyat olimpiadasida gʼolib chiqib, respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qoʼlga kiritdilar. Respublika bosqichda ularga omad yor boʼlishini  tilaymiz.