8 mart—Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan “Muqaddas ayol”
Mart 07, 2025 / Ko'rildi 16
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik liseyida 8 mart—Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan “Muqaddas ayol” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi. Unda ayollar, oʻquvchi qizlar mehr-muhabbat va nafosat bayrami bilan tabriklandi, xotin-qizlarning jamiyatimizdagi oʻrni va ularga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar haqida gapirildi. Xotin-qizlar hayotiga doir qiziqarli sahna koʻrinishlari namoyish qilinib, kuy-qoʻshiqlar, raqslar ijro etildi.




