Yangiliklar

АKАDEMIK LITSEYIDА "NAVRO'Z AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN" SHIORI OSTIDA BAYRAM TADBIRI KO'TARINKI RUHDA O'TKAZILDI

Mart 18, 2023 / Ko'rildi 248

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Akademik litseyida “Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin” shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi. "Navro'z" bu ota-bobolarimizdan meros bo'lib qolgan yangilanish va yosharish bayrami bo'lib, bu bayramni nishonlash zamirida yoshlarimizning ongida milliy qadriyatlarimizga bo'lgan hurmat va e'tiborini yanada oshirish yotadi. Tadbir juda ko'tarinki ruhda o'tkazildi.