“Mexatronika va robotatexnika” yoʻnalishi boʻyicha birinchi (litsey ichki) olimpiada yuqori saviyada tashkil etildi
Mart 13, 2026 / Ko'rildi 1
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Akademik litseyida “Mexatronika va robotatexnika” yoʻnalishi boʻyicha birinchi (litsey ichki) olimpiada yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu intellektual bellashuv o'quvchilarning mantiqiy fikrlash jarayonini rivojlantirish, algoritmik tafakkurni qayta ishlash hamda axborot texnologiyalari sohasiga bo'lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirdi. Olimpiada 13 nafar o'quvchi-yoshlar faol ishtirok etib, berilgan vaqt davomida murakkab topshiriqlarini bajarish bo'yicha o'z bilim va ko'nikmalarini sinovdan o'tkazdilar. Olimpiada yakuniga ko'ra eng yuqori natija qayd etgan g'olib o'quvchilar 106-guruh o'quvchisi Abduxalilov Javohir , 201-guruh o'quvchisi Utamurodov Jumanazar va 205-guruh o'quvchisi Sultonmurodov Po'latjonlar tantanali taqdirlandi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)