Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Akademik litseyida “Sport dasturla
Fevral 13, 2026 / Ko'rildi 7
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Akademik litseyida “Sport dasturlash” yoʻnalishi boʻyicha ochiq olimpiada yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu intellektual bellashuv o'quvchilarning mantiqiy fikrlash jarayonini rivojlantirish, algoritmik tafakkurni qayta ishlash hamda axborot texnologiyalari sohasiga bo'lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirdi. Olimpiada 90 nafardan ortiq o'quvchi-yoshlar faol ishtirok etib, berilgan vaqt davomida murakkab algoritmik masalalar va dasturlash topshiriqlarini bajarish bo'yicha o'z bilim va ko'nikmalarini sinovdan o'tkazdilar. Musobaqa jarayonida ishtirokchilar o'z bilim va ko'nikmalarini namoyon etish bilan birga, sog'lom inson muhitida tajriba almashishga ham ega bo'ldilar. Olimpiada yakuniga ko'ra eng yuqori natija qayd etgan g'olib va sovrindorlar tantanali taqdirlandi. Ularga sertifikatlar hamda qimmatbaho sovg'alar topshirildi. Faol ishtirok etgan o'quvchilarga minnatdorlik bildirildi hamda kelgusida yuqori marralarni zabt etishlari tilab qolindi.
