Yangiliklar

"Rashod Nuri Guntekinning "Choliqushi"romani "

May 21, 2025 / Ko'rildi 1

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyi ingliz tili fani o'qituvchisi Irisbayeva Baxora Nurmamatovnaning ingliz tili fanidan "Group work presrntation on the topic" mavzusida 108-guruhda noan'anaviy ko'rinishdagi ochiq darsi bo'lib o'tdi. Darsda o'quvchilar tomonidan tayorlangan "Touristic Corporation Organizations" deb nomlangan presentatsiya namoish qilindi. Bunda o'quvchilar Rossiya, Eron, Yaponiya, Tojikiston, Turkmanistonning ko'zga ko'rinarli joylari to'g'risida vakil sifatida ma'lumotlar berdilar. Bundan tashqari o'quvchilar ingliz tilida O'zbekiston va Buyuk Ipak Yo'lining ahamiyati, shuningdek oldingi va hozirgi kundagi turizm haqida ham ma'lumot berib o'tdilar. Darsda o'qituvchi asosan tinglash, o'qish, gapirish va yozish ko'nikmalarini rivojlantiruvchi zamanoviy pedtexnologiyalardan foydalanib dars jarayonining sifat samaradorligini oshishiga erishdi.