TАTU SАMАRQАND FILIАLI АKАDEMIK LITSEYIDА "JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O'TKAZILDI
Noyabr 29, 2022 / Ko'rildi 311
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 18 noyabrdagi professonal ta’lim muassasalari va akademik litseylarda o‘quvchi-yoshlarning ilg‘or g‘oya, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishish, ularning muammolarini hal qilish hamda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida uchrashuvlar o‘tkazish to‘g‘risidagi xatiga asosan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvda Samarqand viloyati din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning bosh mutaxassisi Sultonov Rustam ibragimovich, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyi o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Maxmudov Furqat Jumaboyevich, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyi direktori Hamrayeva Sayyora O'lmasovna, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali inspektori kapitan Qurbonov Akrom, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali direktor maslahatchisi Isomov Negmatullajon, akademik litsey o‘qituvchilari hamda 120 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.