Yangiliklar

TATU SF AL o`quvchilari jahon chempionatida Sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha g`oliblikni qo`lga kiritishdi

Aprel 29, 2024 / Ko'rildi 133

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyiga Rossiya federatsiyasi poytaxti Moskva shahridan ajoyib qo‘shaloq xushxabar keldi. 26-28 aprel kunlari bu yerda   Sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha o‘smir yigit va qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida akademik litseyning 210-guruh o‘quvchisi To‘rayev Muhammad Ravshan o‘g‘li birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, musobaqa shohsupasining eng yuqori pag‘onasiga ko‘tarildi. Uning sharafiga davlatimiz madhiyasi yangradi.
Akademik litseyning yana bir o‘quvchisi Toshniyozov Javohir Husan o‘g‘li  ushbu musobaqada o‘z vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘ringa sazavor bo‘ldi.
Har ikkala o‘quvchimizni erishgan ulkan g‘alabalari bilan muborakbod etamiz.