Yangiliklar

Muqaddasdir Vatan bayrogʼi

Noyabr 18, 2023 / Ko'rildi 217

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida 18 noyabr kuni “Muqaddasdir Vatan bayrogʼi!” mavzuida tadbir oʼtkazildi. Tadbirda akademik litseyning oʼquvchilari va oʼqituvchilari qatnashdilar. Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼi haqida Samarqand Davlat universiteti oʼqituvchisi, tarix fanlari boʼyicha falsafa doktori Oybek Shaymanovich Yarmatov maʼruza qildi. Tadbir doirasida oʼquv dargohida insholar tanlovi, oʼquvchilar chizgan rasmlar koʼrgazmasi tashkil qilindi, ona-Vatanni, Davlat bayrogʼini ulugʼlovchi sheʼrlar oʼqildi, qoʼshiqlar yangradi.