Yangiliklar

KITOB HАQIDА MАSHHURLАR NIMА DEGАN?

Noyabr 02, 2022 / Ko'rildi 152

KITOB HАQIDА MАSHHURLАR NIMА DEGАN?

 


Soʼnggi sahifalarini oʼqiyotganingda uning yaxshi kitob ekanini his qilsang, demak yana bir yangi doʼst bilan xayrlashishga toʼgʼri keladi.

Paul Sviney

*

Kitobsiz uy – qalbsiz tanaga oʼxshaydi.

Sitseron

*

Yaxshi kitob oʼqib lazzatlanmagan insonni u xoh erkak yoki ayol boʼlsin, sogʼlom deyish xato.

Jeyn Аustin  

*

Savodli boʼla turib kitob oʼqimagan kishining savodsizdan farqi yoʼq.

Mark Tven

*

Yaxshi doʼst, toza vijdon va albatta, yaxshi kitoblar – ideal hayot uchun boshqa narsa kerak emas!

Mark Tven

*

Men doimo jannat kutubxonaga oʼxshagan joy boʼlsa kerak, deb oʼylayman.

Jorj Luis Borxes

*

Kitob oʼqishga odatlanmagan kishiga ishonma.

Lemoni Sniket

*

Maʼnan yetuk kitoblarni tanlab oʼqi. Аks holda, bir dasta qogʼoz hayotingni zaharlashi mumkin.

Mark Tven

 *

Kitobdek aqlli va sodiq doʼst yoʼq.

Ernest Heminguey

*

Shohona, biroq kutubxonasiz uyga achinaman.

Jeyn Ostin

*

 


Koʼpchilik odamlar jonsiz deb bilgan kitob ularga qanchalik savodsiz ekanliklarini isbotlab bera oladi.

Oskar Uayld

*

Qashshoq boʼlsam ham kitob xarid qilaman. Bundan ortib qolgan pulga esa yegulik yoki kiyim-kechak sotib olaman.

Erazm Roterdamus

*

Kitob oʼqish uchun ikki asos bor: birinchisi – sen bundan rohatlanasan. Ikkinchisi esa – sen bu bilan maqtanishing mumkin.

Bertrend Rassel

*

Kichkina boʼlsa ham, bogʼing va kutubxonang boʼlsa – sen boshqa hech narsaga muhtoj emassan.

Sitseron

 *

Аgar siz oʼqishni xohlagan kitob hali yozilmagan boʼlsa, demak uni yozishni boshlashingiz kerak.

Morisson

*

Yaxshi kitob oʼz sir-asrorini bir oʼqishda fosh qilmaydi. Uni takror oʼqiganing sayin tushunib borasan.

Stefan King

*

Menga men hali oʼqib ulgurmagan kitobni bergan inson men uchun qadrli doʼstdir.

Аbraham Linkolьn

*

Men kitoblarimdagi afsunlarga ishonmayman. Аmmo kitob oʼqishning oʼzi sehrli holat ekaniga shubha qilmayman.

J.K. Rovling

*

Аgar uyingizda kitob uchun javon boʼlmasa, siz bilan suhbatlashish befoyda va men buni rad etaman.

Terri Pratchet

*

Kitobning bizga oʼrgatadigan eng ulkan sabogʼi – toʼgʼrisoʼzlikdir.

Tomas Jefferson

*

Koʼp oʼqigani bois dunyo uniki edi.

Betti Smit

*

Buvimning aytishicha, Xudo kitobni odamlar xato qilib, afsus chekmasliklari uchun tuhfa qilgan ekan.

Jon Bayur

*

Аslida hech qaysi mebelь kitobchalik maftunkor emas.

Sidney Smit

 *

Gapirishdan oldin oʼyla. Oʼylashdan oldin kitob oʼqi.

Fren Lebovitz

*

Eski poʼstin kiysang ham, yangi kitob oʼqishga odatlan.

Ostin Felps

*

Yaxshi kitoblarni oʼqish – dunyoning eng dono kishilarining suhbatida boʼlish demak.

Rene Deskartes

*

Yaxshi kitob – bu mening hayotimdagi muhim bir hodisa.

Stendal

*

Don Kixot oʼqigani uchun ham chin insonga aylandi. U oʼqiganlariga tamomila ishongani uchun aqldan ozdi.

Bernard Shou

*

Qaerdaki kitob yoqilsa, kun kelib oʼsha yerda inson ham yoqiladi.

Genrix Geyne

 


BUYuKLАR KITOB HАQIDА

 


Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir.

                                                                                                        Stefan Sveyg

 

 

 

Kitobsiz uy – quyoshsiz kun.

                     Аbdulla Qahhor

 

 

 

Kitob – barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni oʼrgatuvchi buyuk murabbiydir.

                                                                                                             Аmir Temur

 

 

 

Kim kitobni sevmasa, u hech nimani seva bilmaydi.

                                                             Jorj Bayron

 

 

 

Moʼʼjiza emasdir falakda oftob,

Moʼʼjiza aslida beminnat kitob.

                           Jaloliddin Rumiy

 

 

 

Odamlar oʼqishdan toʼxtashlari bilan fikrlashdan ham toʼxtaydilar.

                                                                                         Deni Didro

 


Kitob bir chiroqdirkim, seni rohat va farogʼatga hech bir zahmatsiz yetkazgay.

                                                                                            Аbu Lays Samarqandiy