Yangiliklar

FАN OLIMPIАDАSI GʼOLIBLАRI

Noyabr 10, 2022 / Ko'rildi 171

2022-2023 oʼquv yilida umumtaʼlim fanlari  boʼyicha Respublika asosiy fan olimpiadasining birinchi guruh fanlari boʼyicha Samarqand viloyat bosqichida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari  universiteti Samarqand filiali  akademik litseyi ikkinchi bosqich oʼquvchisi Аbdimoʼminov Аlisher Bahodir oʼgʼli informatika va axborot texnologiyalari fanidan  faxrli birinchi oʼrinni qoʼlga kiritdi. Unga viloyat xalq taʼlimi boshqarmasining faxriy yorligʼi va 1 million 800 ming soʼm pul mukofoti topshirildi. Ushbu fan yoʼnalishi boʼyicha litseyning yana bir ikkinchi bosqich oʼquvchisi Bekmurodov Bunyod Hamza oʼgʼli uchinchi oʼringa sazavor boʼldi. Bu oʼquvchiga ham viloyat xalq taʼlimi boshqarmasinig faxriy yorligʼi va 900 ming soʼmlik pul mukofti berildi. Oʼquvchilarning har ikkalasi endi Respublika Аsosiy fan olimpiadasida ishtirok etishadi.

Mazkur oʼquvchilarni olimpiadaga tayyorlashda akademik litseyning informatika va axborot texnologiyalari fani oʼqituvchisi Sherzod Rustamovning xizmati katta. Olimpiada gʼoliblari va ularning ustozini muvaffaqiyat bilan tabriklab, respublika bosqichida yaxshi natijalarni qoʼlga kiritishlarini tilaymiz.

G'oliblar

G'oliblar