Yangiliklar

Yoshlar festevali g‘olibi

Iyun 23, 2024 / Ko'rildi 79

Yoshlar festivali

2024-yil 23-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida "Yoshlar festivali-2024" doirasida oʻtkazilgan Dasturlash loyihasi doirasida "Al-Xorazmiy izdoshlari"  tanlovi gʻoliblari aniqlandi. 
Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyi o‘quvchisi Axatkulov Mexroj Sexroj o‘g‘li 3-o'rinni egalladi. Viloyat hokimi nomidan TATU Samarqand filiali direktori Z.Karshiyev qutlab,  diplom hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalar topshirdi.