Talabalar hayoti

Yoshlar festivali

2024-yil 23-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida "Yoshlar festivali-2024" doirasida oʻtkazilgan Dasturlash loyihasi doirasida "Al-Xorazmiy izdoshlari"  tanlovi gʻoliblari aniqlandi. 
Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyi o‘quvchisi Axatkulov Mexroj Sexroj o‘g‘li 3-o'rinni egalladi. Viloyat hokimi nomidan TATU Samarqand filiali direktori Z.Karshiyev qutlab,  diplom hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalar topshirdi.

2024-yil 6-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot universiteti Samarqand filiali akademik litseyida o‘quvchilar darsdan so‘nga akdemik litseyning 210-guruhida tahsil olib kelayotgan Imomberdiyeva Mohigulning she'riy to‘plamlari chop etilgan kitoblarini taqdimotini tomosha qilish uchun litsey kutubxonasiga tashrif buyurdilar. Ushbu tadbirga akademik litsey Yoshlar bo‘yicha ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari Amrillo axmedov raislik qildi.