Yangiliklar

Malayziya Trengganu universiteti fan doktori Ahmad Nazri Bin Dagangning mahorat darsi.

Sentyabr 23, 2023 / Ko'rildi 255

 

Muhammad al-xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida TATU Samarqand filialining “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi o’qituvchilari, Malayziya Trengganu universiteti va uning hozirgi kundagi ta’lim yo’nalishi hamda Simsiz texnologiyalarining avzalliklari va kamchiliklari mavzusida o’tkazilgan “Mahorat darsi” da o’quvchilar bilan suhbat o’tkazishdi. Suhbat chog’ida Malayziyadan tashrif buyurgan Ahmad Nazri Bin Dagang Simsiz texnologiyalarning avzalliklari va kamchiliklari mavzusida o’quvchilar bilan suhbat o’tkazib o’z bilimlari bilan bo’lishdi. Kafedra o’qituvchilariga Akademik litsey o’quvchilari tomonidan berilgan turli xil savollarga javob berildi. Uchrashuv qizg’in munozaralar va savol-javoblar bilan qiziqarli tarzda o’tdi.