E'lonlar

DIQQAT TANLOV!

Oktyabr 14, 2021 / Ko'rildi 210

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi barcha kasb-hunar kolleji, akademik litsey va umumiy o‘rta ta’limning 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Mehnat huquqi bilimdoni” tanlovini o‘tkazmoqda.

 

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar 16 oktabrga qadar tanlov.kasaba.uz sayti orqali mehnat qonunchiligiga oid test savollariga javob berishlari lozim.

 

Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 20 nafar ishtirokchi og‘zaki savol-javob shaklida o‘tkaziladigan Respublika bosqichida qatnashadilar.

 

❗Respublika bosiqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar quyidagi sovrinlarni qo‘lga kiritadi:

 

1-o‘rin - noutbuk;

2-o‘rin - planshet;

3-o‘rin - smartfon.

 

Tanlovda ishtirok etib, o‘z bilimlaringizni sinab ko‘ring!