Yangiliklar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida “Navro‘zi olam

Mart 31, 2026 / Ko'rildi 6

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida “Navro‘zi olam muborak!”  deb nomlangan bayram tadbiri  bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan taʼlim dargohi o‘zgacha chiroy, maftunkorlikka burkandi. Milliylikka xos bezaklar, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan Navro‘z taomlari namoyishi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Zamonaviylik va milliylik talablariga mos  taʼmirdan chiqarilgan, yangi o‘quv jihozlari bilan taʼminlangan 5 ta o‘quv xonasi Bahor bayramiga tuhfa sifatida foydalanishga topshirildi. Tadbirning badiiy qismida yangilanish, mehr-oqibat va qadriyatlarimiz bayrami sanalmish Navro‘zga bag‘ishlangan sheʼrlar, qo‘shiqlar, jozibali raqslar ijro qilindi.  
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali direktori Zayniddin Abduvaliyevich Qarshiyev  bayram qatnashchilarini Navro‘zi olam bilan tabrikladi. Tadbirda Samarqand shahridagi akademik litseylar direktorlari va boshqa bir qator hamkor tashkilotlarning rahbarlari va vakillari ishtirok etishdi.