Yangiliklar

Akademik litseyimiz iftixori stipendiyalari topshirildi

May 22, 2024 / Ko'rildi 167

“Akademik liseyimiz iftixori” stipendiyalari topshirildi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik liseyida 22 may kuni odatdagidan boshqacha oʻquvchilar saflanishi boʻldi. Unda 2023-2024 oʻquv yilida barcha fanlarni a'lo baholarga oʻzlashtirgan, fan olimpiadalari, sport musobaqalarida  faol ishtirok etgan, baholash mezonlari boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichga erishgan 10 nafar birinchi bosqich oʻquvchilariga eng kam ish haqining 2 barobari miqdorida bir martalik stipendiya topshirildi.