Yangiliklar

Biz bir bo'lsak- yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz" shiori ostidagi ko'rik tanlovi

Noyabr 10, 2023 / Ko'rildi 231

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida 10 noyabr kuni “Biz bir boʼlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tadbir oʼtkazildi. Tadbirda akademik litseyning oʼquvchilari va oʼqituvchilari qatnashdilar. 
Tadbir doirasida oʼquv dargohida kitoblar yarmarkasi, “Oʼzbekiston – mening Vatanim” mavzuida insholar tanlovi, “Yangi Oʼzbekiston – yoshlar nigohida” oʼquvchilar chizgan rasmlar koʼrgazmasi, shuningdek shaxmat-shashka musobaqasi oʼtkazildi. Tadbirning badiiy qismda oʼquvchilar ijrosida ona-Vatanni ulugʼlovchi, xalqlar doʼstligini tarannum etuvchi sheʼrlar oʼqildi, kuy-qoʼshiqlar yangradi. Mehr-oqibat, ota-onaga hurmatni ifodalovchi sahna koʼrinishlari namoyish qilindi.