"Impuls. Impulsning saqlanish qonuni"
Noyabr 28, 2025 / Ko'rildi 2
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida fizika fani o'qituvchisi Joʻrayev Nurali Jumaboyevichning "Impuls. Impulsning saqlanish qonuni" mavzusida noan'anaviy ochiq darsi boʻlib b o'tdi. Darsda raqamli texnologiyalar yordamida ko'zga ko'rinmas fizik jarayonlarni vizuallashtirishga e'tibor qaratildi. Shuningdek darsda mavzuga doir Krossvord, blits savol -javob hamda o'quvchilarni amaliy bilimlarini rivojlantiruvchi virtual laboratoriya ishlaridan foydalanildi.

