Imtihon yangiliklari
Avgust 15, 2021 / Ko'rildi 265
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga koʻra, ochiq va yopiq hududlarda ommaviy tadbirlar oʻtkazilishining toʻxtatilishi munosabati bilan akademik litseylarga dastlabki saralash hamda asosiy imtihonlarni oʻtkazish vaqti maʼlum bir muddatga surildi.
Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda akademik litseylarga saralash imtihonlarining oʻtkazilishi joriy yil sentyabr oyining birinchi yarimida rejalashtirilmoqda.
Ushbu tadbirlarni oʻtkazishning aniq muddatlari yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar vazirlikning rasmiy veb-sayti www.edu.uz hamda t.me/eduuz telegram kanali orqali eʼlon qilinadi.