Yangiliklar

So‘ngi qo‘ng‘iroq

Iyun 07, 2024 / Ko'rildi 169

          Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida "So‘ngi qo‘ng‘iroq" va ikkinchi bosqich o‘quvchilarining akademik litsey bitiruv tantanasi, diplom, oltin va kumush medallarini topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra akademik litseyda tahsil olib kelayotgan 31 nafar iqtidorli, bilimli, zukko o‘quvchilarga qizil diplom va 4 nafar o‘quvchiga oltin medal, 2 nafar o‘quvchiga kumush medallar berildi. Yil davomida akademik litseyda o‘zining na'munali xulq atvori bilan o‘rnak bo‘lib kelayotgan hamda ma'naviy - ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgan 46 nafar o‘quvchilar faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.