“Uch avlod uchrashuvi” tadbiri
Mart 05, 2025 / Ko'rildi 6
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik liseyida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri oʻtkazildi. Unda texnika fanlari doktori, dotsent Abdugʻofir Hotamov va 32 yil davomida Ichki ishlar tizimida turli vazifalarda xizmat qilgan mehnat faxriysi Rizoqul Otaboev ishtirok etishdi.
Tadbirda soʻz olgan mehmonlar Mustaqillikdan oldingi yillar qiyinchiliklari va ayni paytda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, yoshlarning bilim olish, iqtidorlarini ruyobga chiqarish borasida qilinayotgan gʻamxoʻrliklar, kelajak avlod tafakkuridagi oʻzgarishlar haqida gapirdilar. Vatanparvarlik gʻoyalariga sodiq boʻlish uchun avvalo yaxshi bilim olish lozimligi, hayotda faol boʻlishlari zarurligi ta'kidlab oʻtildi.
.

