Yangiliklar

So'ngi qo'ng'iroq

Iyun 17, 2023 / Ko'rildi 281

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyi binosiga kirish maydoni 16 iyunь kuni bayramona tus oldi. Chiroyli qilib bezatilgan bu yerda “Soʼnggi qoʼngʼiroq” va bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi tantali ravishda oʼtkazildi. Unda litsey oʼquvchilaridan tashqari ularning ota-onalaridan vakillar ham ishtirok etdilar. Аkademik litseyning bitiruvchi oʼquvchilari hamda isteʼdodli xonanda Doniyor Yaqubov ijrosidagi  kuy-qoʼshiqlar, teatrlashtirilgan tomoshalar tadbir qatnashchilariga koʼtarinkilik bagʼishladi.