Yangiliklar

AKADEMIK LITSEYGA MEHMONLAR TASHRIFI

Noyabr 18, 2021 / Ko'rildi 258

AKADEMIK LITSEYGA MEHMONLAR TASHRIFI

  

17-18 noyabr kuni  Samarqandda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiallari direktorlari va bo’lim boshliqlari ishtirokida seminar-yig’ilish bo’lib o’tdi. Tadbir ishtirokchilari --TATU filiallari, akademik litsey, texnikumlar bo’yicha prorektor D.Li,  boshqarma boshlig’i Sh.Doniyorov, TATU  ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i A.G’aniev, TATUning Samarqand filiali direktori Z.Karshiev, Farg’ona filiali direktori A.Rasulov, Urganch filiali direktori M.Baydjanov, Qarshi filiali direktori A.Turg’unov, Nukus filiali direktori B.Kaipbergenov 18 noyabr kuni TATU Samarqand filialining akademik litseyiga tashrif buyurdilar. Mehmonlar akademik litseyda ta’lim sifatini oshirish borasidagi ishlar, o’quvchilarning o’qish va dam olish sharoitlari bilan tanishdilar.

Akademik litseyda zamon talablari darajasida jihozlangan IT xonasi, o’quvchilarning dasturlash bo’yicha bajarayotgan amaliy ishlari, dars jarayonida zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanilayotgani, kutubxonadagi shart-sharoitlar, sport zali imkoniyatlari mehmonlarda katta tassurot qoldirdi. Ular bu borada tajribalar ibratli ekanligini e’tirof etdilar.

O’quvchilar tomonidan Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramasidan ijro etilgan bir parcha sahna ko’rinishi ham mehmonlar  olqishiga sazavor bo’ldi.