Yangiliklar

“Assalom Navroʻz!”

Mart 20, 2025 / Ko'rildi 2

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida “Assalom Navroʻz!” deb nomlangan bayram tadbiri oʻtkazildi. Unda oʻquvchilar tomonidan qadriyatlarimizni ulugʻlovchi sahna koʻrinishlari namoyish qilinib, bahor bayramini tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar, raqslar, laparlar ijro qilindi.