Litsey haqida umumiy ma'lumot

 

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali qoshidagi Akademik litsey

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyi Samarqand koperativ institutining 1997 yil 7 fevral № 15-sonli buyrug‘iga asosan Samarqand koperativ instituti qoshidagi Gimnaziya tashkil etilgan. Samarqand koperativ instituti qoshidagi Gimnaziya 1999 yil 1 iyulda 20-sonli buyruq asosida Samarqand koperativ instituti qoshidagi litseyga aylantirilgan. Samarqand koperativ instituti qoshidagi litsey 2006 yil  Samarqand shahar hokimining 16 oktabrdagi 1357-K-sonli qaroriga asosan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 2-son akademik litseyiga aylantirilgan.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 2-son akademik litseyi nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentabrdagi PQ-3290-sonli qaroriga asosan Samarqand shahar hokimining 2017 yil 6 dekabrdagi 2058-Q qarori bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyiga aylantirilgan.

Akademik litsey 2 bosqich o‘quvchilari uchun dars mashg‘ulotlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2018 yil 25 avgustda tasdiqlangan na’munaviy o‘quv reja va o‘quv dasturlari, 1 bosqich o‘quvchilari uchun esa  2020 yil 14 avgustda tasdiqlangan chiqilgan na’munaviy o‘quv reja va o‘quv dasturlari asosida tashkil etilgan.

Akademik litseyda 54 nafar pedagog xodimlar ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Ulardan 1 nafar dotsent, 3 nafar PhD, 8 nafar bosh o‘qituvchi, 11 nafar yetakchi o‘qituvchi, 20 nafar katta o‘qituvchi, 11 nafar oliy ma’lumotli o‘qituvchi. Akademik litseyda 3 ta fan kafedrasi (Aniq fanlar kafedrasi, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi va Xorijiy fanlar kafedrasi) faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘quv binosida 37 ta o‘quv xonalari: jumladan 1 ta kimyo, 2 ta fizika, 1 ta biologiya laboratoriyasi, 3 ta kompyuter, 2 ta lingofon xonalari, 150 o‘ringa mo‘ljallangan faollar zali, 100 o‘rinli sport zal, 100 o‘rinli yotoqxona hamda o‘quvchilar uchun 100 o‘rinli o‘quv zaliga ega Axborat resurs markazi mavjud.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 3 dekabrdagi PQ-4910-son qarorining mazmuni va mohiyati yuzasidan akademik litseyning pedagog jamoasi, ishchi-xodimlari hamda o‘quvchilari o‘rtasida  uchrashuvlar o‘tkazib, bayonnomalari rasmiylashtirilgan. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali ning 28 banddan iborat bo‘lgan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan.

“Yo‘l xaritasi” dagi chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida TATU Samarqand filiali 5 ta fan kafedralarining tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan akademik litsey o‘quvchilariga  “Mahorat darslari”, “Professor soati” va davra suhbatlari tashkil etilgan. Akademik litsey TATU Samarqand filialining “Dastur injenering”, “Tabiiy fanlar”, “Axborot ta’lim texnologiyalari” “Kompyuter injenering” va “Xorijiy tillar” kafedralari bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalari tuzilgan.

TATU Samarqand filialining professor-o‘qituvchilari bilan akademik litsey o‘qituvchilari hamkorlikda matematika, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, ingliz tili fanidan metodik va o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqilgan. Tarix, ona tili va adabiyot fanlaridan o‘quv uslubiy qullanmalar, metodik qo‘llanmalar yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari TATU Samarqand filialining professor-o‘qituvchilari tomonidan akademik litseyda ochiq dars mashg‘ulotlari, davra suhbatlari, “Professor soati” va seminar-treninglar o‘tkazilgan.

Har oyda TATU Samarqand filiali direktori Z.Qarshiev tomonidan “Rektor soati” o‘tkazilib kelinmoqda.

Har oyda TATU Samaraqand filiali direktorining “Direktor soati” va direktor o‘rinbosarlarining akademik litsey jamoasi bilan davra suhbati va uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Akademik litsey bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish darajasini yanada yaxshilash maqsadida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan akademik litsey o‘qituvchilari uchun “Mahorat darslari” va o‘quvchilar uchun DTM tomonidan ishlab chiqilgan na’munaviy test savollarini tahlil qilish bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Akademik litsey tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan har tomonlama uzviy aloqani kuchaytirish maqsadidi o‘quvchilarni TATU Samarqand filialiga, IT-parklarga olib borish va yaqindan tanishtirish reja-grafigi ishlab chiqilib, 480 nafar o‘quvchilar to‘liq IT-parkga olib borib tanishtirib kelindi.

2020-2021 o‘quv yilida fan olimpidasining II (shahar) bosqichida 2-kurslar o‘rtasida ona tili va adabiyot fanidan faxrli 1-o‘rin, matematika fanidan 2-kurslar o‘rtasida faxrli 3-o‘rin, fizika fanidan 2-kurslar o‘rtasida faxrli 1-o‘rin, o‘zbek tili fanidan 2-kurslar o‘rtasida faxrli 1-o‘rin, tarix fanidan 1-kurslar o‘rtasida 3-o‘rin va ingliz tili fanidan 1-kurslar o‘rtasida 3-o‘rin qo‘lga kiritishdi.

Fan olimpidasining III (viloyat) bosqichida fizika fanidan 2-kurslar o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni, o‘zbek tili fanidan 2-kurslar o‘rtasida faxrli 1-o‘rin, 1-kurslar o‘rtasida ingliz tili fanidan faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Akademik litseyning 1-bosqich o‘quvchisi Bahriddinova Saodat “Yosh kitobxon” tanlovida ishtirok etib viloyat bosqichida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Akademik litseyning 5 nafar o‘quvchisi SEFR dan, 13 nafari ILTES dan yuqori ballarga ega bo‘lib, sertifikatlarga ega bo‘ldilar.

Ushbu o‘quvchilar akademik litsey tomonidan moddiy va ma’naviy rag‘batlantirildi.

Akademik litseyning 2-bosqich o‘quvchilarining 40 nafari xorijiy davlat oliy ta’lim muassasalari talabasi bo‘lishdi. Shundan 35 nafari Moskva energetika universitetiga, 5 nafari boshqa xorijiy davlat universitetlariga grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

Akademik litsey o‘quvchilari darsdan bo‘sh vaqtlarda o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazish an’naga aylangan. Joriy o‘quv yili litseyda 7 marta sportning turli turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Litseyda sportga bo‘lgan e’tibor, sport to‘garaklarinig faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilgani sababli o‘quvchilar viloyat, respublika va xalqaro musobaqalarda ham munosib qatnashmoqda. Ayni paytda litseyda 107 nafar faol sportchi o‘quvchi bor. Keyingi ikki yil ichida litsey o‘quvchilaridan 21 nafari viloyat, respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.

Jumladan, 209-guruh o‘quvchisi Eshonqulov Daler “Mini futbol” bo‘yicha respublika  musobaqasida ikki marta ishtirok etib, 2019 yilda va 2020 yilda birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi va O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining birinchi darajali diplomiga sazovor bo‘ldi. 209 guruh o‘quvchisi Isomiddinov Islom “Armrestling” sport turi bo‘yicha Turkiyada o‘tkazilgan musobaqada 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, Jahon Armrestling federatsiyasinig sertifikatini olishga erishdi. 204-guruh o‘quvchisi Farrux Zokirov “Voleybol” sport turi bo‘yicha viloyat birinchiligida 1-o‘ringa sazovor bo‘lib, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining birinchi darajali diplomini qo‘lga kiritdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida 29 to‘garak mavjud bo‘lib, shundan 22 ta fan to‘garagi,  6 ta sport to‘garagi, “Nihol” iste’dodli yoshlar klubi-musiqa va san’at to‘garagi tashkil qilingan.

O‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida 7 marta sportning turli turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.  Ayni paytda litseyda 109 nafar faol sportchi o‘quvchi bor.

2020/2021 o‘quv yili davomida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda 32 ta tadbir o‘tkazilgan.

Jumladan:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning  yangi asarlari va nutqlari targ‘iboti -5 ta;

umumxalq bayramlari va tarixiy sanalarga bag‘ishlab -12 ta;

o‘quvchilarning huquqiy ongini yuksaltirish, diniy ekstremizm, OITS, Odam  savdosi, terrorizm, giyohvandlik bilan bog‘liq salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan  tadbirlar -9 ta;

qizlarni oilaga tayyorlash, qizlar hayotiga doir - 3 ta;

-“Ma’naviyat soati” darslari jami -36 soat;

TANLOVLAR

O‘tkazilgan tanlovlar -7 ta;

Jumladan,

“Eng yaxshi guruh”, “Kitobxon o‘quvchi” tanlovi.

-“Yosh kitobxon” viloyat tanlovi g‘olibi - 1 o‘quvchi.

-“Yosh kitobxon” respublika tanlovi ishtirokchisi - 1 o‘quvchi

- “Faol o‘quvchi” debat klubi - 30 nafar o‘quvchi

- ota-onalar yig‘ilishi - 4 marta;

- “O‘quvchi turar joyi”da yashaganlar -107 nafar;

- ijarada turgan o‘quvchilar - 132 nafar;

-“AT park”ka tashrif -19 marta;

-tarixiy obidalar va muzeylarga sayohat - 19 marta;

Litsey o‘quvchilaridan 21 nafari viloyat, respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar. Jumladan, 209 guruh o‘quvchisi Eshonqulov Daler mini futbol bo‘yicha respublika  musobaqasida ikki marta ishtirok etib, 2019 yilda va 2020 yilda birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi va O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining birinchi darajali diplomiga sazovor bo‘ldi. 209 guruh o‘quvchisi Isomiddinov Islom armrestling bo‘yicha Turkiyada o‘tkazilgan musobaqada 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, Jahon Armrestling federatsiyasining sertifikatini olishga erishdi. 204 guruh o‘quvchisi Farrux Zokirov voleybol bo‘yicha viloyat birinchiligida birinchi o‘ringa sazovor bo‘lib, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining birinchi darajali diplomini qo‘lga kiritdi.

Akademik litseyga iqtidorli o‘quvchilarni jalb etish bo‘yicha 26 yanvardan 24 fevralga qadar viloyatning barcha tumanlarida 36 joyda maktablarning iqtidorli o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularda 2,5 mingdan ziyod o‘quvchi qatnashdi.

Xotira va qadrlash kuni oldidan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan ZOOM orqali muloqot o‘tkazildi. Payariq tumanidagi Zarafshon MFYda yashovchi 99 yoshli Mamadali bobo Siddiqov, Samarqand shahar, Davlatshoh Samarqandiy MFYda yashovchi 98 yoshli Ochil bobo Jabborov va Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanidagi Navro‘z MFYda yashagan Abdulla Nurullaev xonadoniga  borildi, sovg‘a- salom ulashildi.

Ta’lim muassasasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda intellektual salohiyatini oshirish maqsadida 22 ta fan to‘garagi,  6 ta sport tugaragi tashkil qilingan. Bu to‘garaklarga litseydagi jami 480 nafar o‘quvchining 465 nafari (97%)  jalb qilingan. To‘garaklar va ularni o‘tkazish jadvali ishlab chiqilib, direktor tomonidan tasdiqlangan. To‘garak rahbarlarining ish rejasi, o‘quvchilar ro‘yxati, o‘tkazilgan mashg‘ulotlar ishlanmasi mavjud.

  Bundan tashqari  “Nihol” iste’dodli yoshlar klubi-musiqa va san’at to‘garagi tashkil qilindi. Bu to‘garakka 60 nafardan ziyod musiqa va san’atga qiziquvchi o‘quvchilar saralab olindi. To‘garak uchun cholg‘u asboblari xarid qilindi va yoshlarning musiqa o‘rganishlari uchun imkoniyat yaratildi.

Akademik litseyda tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlarning hamda o‘qituvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kitob mutoalasini ko‘paytirish, ularning tafakkur va dunyoqarashini kengaytirish, badiiy adabiyot bo‘yicha baxs-munozara qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida  2021 yilning fevral-mart oylarida “Kitobxonlik oyliklari”, “Kitobxon o‘quvchi” tanlovi o‘tkazildi. “Bu yilda o‘qish zarur bo‘lgan 100 ta kitob” ro‘yxati shakllantirildi.

  Tanlovda 109-guruh o‘quvchisi  Bahriddinova Saodat mutlaq g‘olib, 210-guruh o‘quvchisi Fayzullaev Jo‘rabek va 109-guruh o‘quvchisi  Saidmuhammedova Marjona 1-o‘rin, 109 va 207-guruh o‘quvchilari Ma’rufboev Ramazon hamda Qo‘zieva Iroda 2-o‘rin, 107 va 207-guruh  o‘quvchilari Shukurova Shahodat va  Usanova Nozima 3-o‘ringa sazavor bo‘ldi. G‘oliblarga “Faxriy yorliq”lar  va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.