Yo'nalishlar

 

ANIQ FANLAR- O'ZBEK GURUHI (TEXNIK)

ANIQ FANLAR-TEXNIKA YO‘NALISHI-da tahsil oladigan o’quvchilarga matematika, fizika, informatika,  ingliz tili, ona tili va adabiyot fanlari chuqurlashtirilgan dastur asosida o‘qitiladi. Ular universitet va institutlarning matematika, fizika, elektronika, amaliy matematika, informatika, mexanika shuningdek oliy harbiy bilim yurtlariga va boshqa texnik yo‘nalishdagi fakultetlarda o‘qishni davom ettirishlari mumkin.   Bitiruvchilarga laborant, EHM operatori kasblaridan biri beriladi.

 

 

ANIQ FANLAR - O'ZBEK GURUHI (IQTISOD)

Aniq fanlar - O'zbek guruhi (Iqtisod) yo'nalishida tahsil oladigan o'quvchilarga matematika, ingliz tili, ona-tili va adabiyot fanlaridan belgilangan o'quv - re'ja asosida darslar o'tib boriladi. Ushbu darslarni o'z kasbining malakali o'qituvchilari olib borishadi. Ushbu yo'nalish o'quvchilari Akademik litseyni tamomlaganlaridan so'ng Oliy ta'lim muassasalarining iqtisod yo'nalishlarida o'qishlarini davom ettirishlari mumkin.

 

ANIQ FANLAR - RUS GURUHI (IQTISOD)

Aniq fanlar - Rus guruhi (Iqtisod) yo'nalishida tahsil oladigan o'quvchilarga matematika, ingliz tili, ona-tili va adabiyot fanlaridan belgilangan o'quv - re'ja asosida darslar o'tib boriladi. Ushbu darslarni o'z kasbining malakali o'qituvchilari olib borishadi. Ushbu yo'nalish o'quvchilari Akademik litseyni tamomlaganlaridan so'ng Oliy ta'lim muassasalarining iqtisod yo'nalishlarida o'qishlarini davom ettirishlari mumkin.

Ijtimoiy-xorijiy yo‘nalish

Ijtimoiy-xorijiy yo'nalishida tahsil oladigan o'quvchilarga  ingliz tili, ona-tili va adabiyot fanlaridan belgilangan o'quv - re'ja asosida darslar o'tib boriladi. Ushbu darslarni o'z kasbining malakali o'qituvchilari olib borishadi. Ushbu yo'nalish o'quvchilari Akademik litseyni tamomlaganlaridan so'ng Oliy ta'lim muassasalarining ijtimoiy filalogiya yo'nalishlarida o'qishlarini davom ettirishlari mumkin.