Yangiliklar

Zamonaviy qulayliklar

Dekabr 05, 2024 / Ko'rildi 32

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik liseyi oʻquvchilari  va oʻqituvchilari Konstitusiya kuni bayrami arafasida yana bir qulaylik va imkoniyatlarga  ega boʻldilar. Oʻquv dargohida raqamli texnologiyalar yoʻnalishlariga moslashtirilgan va zamonaviy jihozlangan  “Robototexnika”, “Veb Dasturlash”, “Kiberxavfsizlik”, “Raqamli texnologiyalar markazi” xonalari ochildi. Mazkur xonalarning ochilishiga bagʻishlangan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining Samarqand viloyat boshqarmasi boshligʻi Dilmurod Xoʻjamberdiev, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali direktori Zayniddin Qarshiev ishtirok etdilar.