Yangiliklar

TATU Samarqand filiali akademik litseyi o'quvchilari ochiq eshiklar kuniga borishdi.

Fevral 24, 2025 / Ko'rildi 95

 

🏛TATU Samarqand filiali qoshidagi akademik litsey o'quvchilari  uchun ochiq eshiklar kuni munosabati bilan TATU Samarqand filialiga tashrif buyurishdi.

📚Filialning  Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi, Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori hamda Telekommunikatsiya injiniringi kafedra oʼqituvchilari tomonidan oʻquvchilarga TATU Samarqand filiali, fakultetlari va taʼlim yoʻnalishlari va laboratoriya jihozlaridan foydalanish haqida toʻliq maʼlumotlar berildi. 

🔎Ochiq eshiklar kunida o'quvchilar filialdagi dars jarayonilari, Axborot resurs markazi, Raqamli taʼlim texnologiyalari markazlari hamda Registrator ofisi bilan yaqindan tanishishdi va litsey o'quvchilari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil qilindi.

➡️Bir qator iqtidorli oʻquvchilar filial tomonidan esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.